Milliy segmentni rivojlantirish

UZINFOCOM Markazi har xil turdagi xizmatlarni taqdim etish orqali, servis xizmatlari va milliy kontentni rivojlantirishga o`z hissasini qo`shib keladi. Bu xizmat turlariga quyidagi - Datamarkazda xosting, uMail.uz pochta xizmati, WWW.uz tizimida qidiruv, reyting, katalog va statistikaning yuritililishi, ID.UZ yagona identifikatsiya tizimi, CC.uz qisqa havolalar xizmati va shunga o`xshash xizmatlar kiradi.

Shuningdek, Markaz saytlar ishlab chiqaradi, sayt-satellitlar yaratish, FIKR. uz va uForum.uzda fikr almashish, uTube.uzda videoroliklarni e’lon qilish, shaxsiy ma’lumotlarni DESK.uzda jamlash kabi qator imkoniyatlarni taqdim etadi.Tarmoqda ijodiy va shaxsiy barkamollikka erishish istagida bo`lsangiz yaratilgan imkoniyatlardan foydalaning.

ccTLD «UZ» domeni hududi ma'muriyati

UZINFOCOM markazi  2003 yil 27 martdagi Internet nomi va manzillarini belgilash Korporatsiyasi (ICANN) hamkorligida imzolangan (ccTLD) ning homiyligi to`g`risidagi kelishuviga asosan O`zbekistonning yuqori darajadagi UZ domeni ma’muri hisoblanadi.

Internetning milliy segmentida axborot resurslarni yaratish va rivojlantirish jarayonini muvofiqlashtirish va rag`batlantirish bo`yicha keng ko`lamdagi ishlar olib borilmoqda.

Markazda domen nomlarini ro`yxatdan o`tkazish va qo`llab-quvvatlash, ushbu sohada raqobatbardoshlikni ta’minlash hamda ko`rsatilayotgan xizmat turning soni va sifatini yuqori darajaga yetkazish bo`yicha namunali ishlar yo`lga qo`yilgan.

 “UZ” domenida ro`yxatdan o`tish, ma’murlash va domendan foydalanish O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida ro`yxatdan o`tkazilgan ““Uz” domenida ro`yxatdan o`tish va domen nomlaridan foydalanish tartibi to`g`risidagi Nizom”ga asosan nazorat qilinadi. 

Mazkur hujjat “UZ” domenida ro`yxatdan o`tish va domen nomidan foydalanish tartibini o`rnatadi, shuningdek, "UZ" domenida shaxslar va faoliyat turlarining domen nomlariga tegishli o`zaro munosabatini ta’minlaydi hamda “UZ” domenini noqonuniy harakatlardan saqlagan holda ishonchli va sifatli ishlashinita’minlaydi.

Saytlar yaratish

UZINFOCOM Markazi saytlarni qayta ishlash va yaratish, kelajakda ularga informatsion va texnik yordam ko`rsatish va qo`llab quvvatlash xizmatlarini taklif qiladi. Jumladan:
      •    Qonunchilikda belgilangan tartibda sayt yaratish uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish;
      •    Sayt tuzilmasi va dizaynini ishlab chiqish;
      •    HTML- valid kodini yaratish;
      •    Internetda saytni joylashtirish, xosting berish;
      •    Saytni texnik jihatdan qo`llab-quvvatlash;
      •    Qidiruv tizimlarida ro`yxatdan o`tkazish;
      •    Interaktiv tizimlarning dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish (e’lonlar taxtasi, mehmonlar kitobi, forumda ovoz berish va h.k.z.);
      •    Buyurtmachilar talabidan kelib chiqib, qo`shimcha modullarni yaratish;
      •    Saytdagi resurslarni davriy yangilab borish;
      •    Reklamali bannerlarni tayyorlash va ularni joylashtirish.

Quyida, mutaxassislarimiz tomonidan yaratilgan tashkilotlarning saytlari keltirilgan:

      •    Davlat soliq qo`mitasi rasmiy sayti (www.old.soliq.uz);
      •    Davlat bojxona qo`mitasi rasmiy sayti (www.customs.uz);
      •    “Uzmontajmaxsusqurilish” assotsatsiyasi rasmiy sayti (www.uzmontaj.uz);
      •    O`zbеkistоn nеft mаhsulоtlаri vа gаzdаn fоydаlаnishni nаzоrаt qilish Dаvlаt Inspеksiyasi rasmiy sayti (www.uzngi.uz);
      •    O`zbekiston Respublikаsi Mаrkаziy sаylov komissiyasi rasmiy sayti  (www.elections.uz);
      •    Odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha Respublika Idoralararo komissiyasi rasmiy sayti (www.ht.gov.uz);
      •    O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi rasmiy sayti (www.stat.uz);
      •    Oliy harbiy bojxona institute rasmiy sayti (www.ohbi.uz);
      •    Davlat Bojxona qo`mitasi Milliy kinologiya markazi rasmiy sayti (www.mkm.uz).

uMail.uz

uMail.uz – bepul elektron pochta xizmati. Internetning Milliy segmentidagi eng katta bepul elektron pochta xizmatidir. Outlook, THE BAT va boshqa shu kabi pochta mijozlari orqali ishlash imkoniyatiga ega.

Pochta xizmati O`zbek tilidagi interfeys mavjudligi, mobil qurilmalar orqali erkin foydalanish imkoniyati, DC.uz datamarkazining maxsus serverida joylashganligi uning muntazam ishchi holatda bo`lish imkonitini beradi. Loyihaning Respublikamiz hukumati tomonidan qo`llab-quvvatlanishi esa uning muvaffaqiyatli rivojlanishi va ommalashishi garovidir. Umail.uz foydalanuvchilari uchun pochtada papkalar yaratish va xatlarni tartiblash, filtrlarni sozlash va boshqa qo`shimcha qulayliklar mavjud. Shuningdek, pochta xizmatida SMS orqali parolni tiklash hamda yangi xatlar kelganda SMS-xabar olish imkoniyatlari joriy etilgan.

uForum.uz

O`zbekistonning yirik forumi bo`lmish uForum.uz 2006 yilda AKTning rivojlanishi mavzusini muhokama qilish, foydalanuvchilarning AKT bilan bog`liq bo`lgan davlat tashkilotlari va kompaniyalari bilan o`zaro aloqada bo`lishini ta’minlash  maqsadida yaratilgan. O`tgan yillar davomida forum turli xil mavzularni muhokama qiluvchi minglab foydalanuvchilarni o`ziga birlashtira oldi. Ular nafaqat AKT, balki, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va sport mavzulariga oid masalalar haqida ham qizg`in baxs-munozaralar olib borishmoqda.

Forum foydalanuvchilar bilan muloqot o`rnatish uchun o`zida barcha tashkilotlarga o`z bo`limlarini ochichni taklif qiladi. Forum aholi o`rtasida mashxur va moderatorlar tomonidan doim tekshirib turiladi.

Datamarkazi

DC.uz – bu axborot-kommunikativ infratuzilmani joylashtirish uchun ishonchli texnologik maydondir.  
U quyidagi xizmatlarni ko`rsatadi:

  • Veb-xosting;
  • Co-location;
  • VPS.

U mijozlarga ishonchli aloqa kanallariga ega bo`lgan holda Internet resurslariga kirish tezligini taminlaydi va server uskunasi bilan uzluksiz ishlashni ham kafolatlaydi. UZINFOCOM Datamarkazi barcha tizim va servislar ishini ta`minlab uzluksiz quvvat manbalar bilan jihozlangan.

WWW.UZ

WWW.UZ axborot-qidiruv tizimi qidiruvni saytlar manzili va ularning mazmuni bo`yicha amalga oshiradi.

Xizmat uchta asosiy yo`nalishni birlashtiradi:

  • Mavzular bo`yicha saytlar katalogi;
  • Saytlarning statistika xizmati;
  • Tarmoqdagi o`zbek segmenti saytlarining Top-reytingi.

Foydalanish uchun ochiq bol`gan, mavzulari bo`yicha katalogda tizimlashtirilgan va ro`yxatdan o`tgan O`zbekiston Respublikasiga oid saytlarga mazmuniga muvofiq tasnif berilgan. Reytingda ishtirok etuvchi barcha saytlarda WWW.UZ hisoblagichlari o`rnatilgan.

 


Qabulxona
Telefon: 238-4200
Faks: 238-4248
E-mail: info[at]uzinfocom.uz
Kontaktlar
Fuqarolar murojaati