Markaz faoliyati

Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” – mas’uliyati cheklangan jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy loyiha boshqaruvi agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “UZINFOCOM” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi negizida davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator sifatida tashkil topdi.

Yagona integratorning asosiy vazifalari:

  • Elektron hukumat tizimi va iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalari, apparat va dasturiy ta’minot tizimlarini o‘rnatish, shuningdek axborot tizimlari, resurslar va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, joriy etish va integratsiyalashni ta’minlash;
  • Aholi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga elektron davlat xizmatlarini taqdim etilish sifatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Mahalliy korxona va tashkilotlarni “Elektron hukumat” tizimining loyihalarini amalga oshirish va dasturiy ta’minot mahsulotlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • Davlat organlari, davlat korxonalari va tashkilotlarida axborot tizimlari, resurslar va dasturiy ta’minot mahsulotlari infratuzilmasining texnologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
  • Xalqaro standartlarga muvofiq yuqori texnologiyali xizmatlar va mahsulotlar qatorini kengaytirish orqali ichki bozorni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish.

Bizning tariximiz

2018 yil 1 fevral  Yagona interator “UZINFOCOM” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasining yangi talqinini ishga tushirdi (pm.gov.uz).

2017 yil 29 avgust — Kompyuter vа аxborot texnologiyalаrini rivojlаntirish hаmdа joriy etish Mаrkаzi UZINFOCOM davlat unitar korxonasini - Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga o’zgartirilishi uchun asos bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.

2017 yil oktabr — UZINFOCOM ning Yagona integrator sifatida Markaz tomonidan muvofiqlashtiriladigan milliy “UZ” domeni Tbilisida bo‘lib o‘tgan Assotsiatsiyaning 72-anjumani yeg’ilishida Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yuqori darajali milliy domenlar assotsiatsiyasi domenlari safiga qo‘shildi.

2017 yil may — Ikkinchi jahon urushi faxriylari va ishtirokchilari xotirasiga bag‘ishlangan Xotira.uz sayti ishga tushirildi. Xotira.uz saytida urush maydonida jang qilgan vatandoshlarimiz fotosuratlari, ularning jasoratlari to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotlar hamda Xotira va qadrlash kuni bayrami to‘g‘risidagi yangiliklar o‘rin olgan.

2016 yil noyabr — Bolalarga "Davlat" va "Hukumat" tushunchalari bilan qiziqarli va o’yin tarzda tanishishga yordam beradigan “Hukumat bolalar nigohida” loyihasi ishga tushirildi.

2016 yil oktabr — ZiyoNET Resurs markazi tarmog’i tomonidan umumshahar diktanti amalga oshirildi. Har bir xohlovchilar o'z fikrlarini qog’ozga tushirishlari va o'z bilimlarini Toshkent bo'ylab oltita maxsus jihozlangan nuqtada tekshirishlari mumkin bo’ldi. Tadbir ishtirokchilari uchun maxsus www.diktant.uz veb-sayti yaratildi, shu asosda biz bunday tadbirlarni keng miqyosda muntazam o'tkazishni rejalashtirganmiz.

2016 yil oktabrwww.Meros.uz loyihasi asosida “O’zbekiston yetti mo’jizasi” aksiyasi o’tkazildi.

2016 yil sentabr — O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining PM.GOV.UZ virtual qabulxonasi ishlab chiqildi va ishga tushirildi, keyinchalik u O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga aylantirildi.

2016 yil avgust — “Yangi internet tashabbusi 2016” tanlovi e’lon qilindi.

2016 yil avgust — Amir Temurning “Temur tuzuklari” asariga bag’ishlangan www.temurtuzuklari.uz loyihasi ishga tushirildi.

2016 yil iyul — Interaktiv usulda ingliz tilini o’rganish imkonini beruvchi www.Lang.uz loyihasi ishga tushirildi.

2016 yil iyun — Milliy ijtimoiy tarmoq Davra.uz ishga tushirildi.

2016 yil mart — UZINFOCOM Ma’lumotlar Markazining yangilangan sayti www.dc.uz ishga tushirildi.

2016 yil fevral — Uradio.uz saytining yangilangan talqini ishga tushdi.

2016 yil yanvar — ZiyoNET Portalining “O’zbekistonning madaniy merosi” bo’limi alohida Meros.uz loyihasi sifatida ajralib chiqdi.

2016 yil avgust — UZINFOCOM Markazi tomonidan Mustaqil O‘zbekiston Solnomasi portali Mustaqillik.uz Portali ishga tushirildi.

2016 yil avgust — Yurtimizdagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan rasmiy tadbirlar va muhim siyosiy voqealar, tarixiy sanalar hamda xalqaro darajada ahamiyatli bo‘lgan kunlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasi voqealar va tadbirlar portali (365.gov.uz) ishga tushirildi.

2016 yil iyul — ZiyoNET Portalining “Audiokitoblar” bo’limi ishga tushirildi. Mazkur bo‘limda o‘zbek, rus va ingliz tillarida audioertaklar, she’rlar, darsliklar, badiiy adabiyotlar, radio-spektakllar tinglash hamda yuklab olish imkoni mavjud.

2015 yil dekabr — O'zbekiston Respublikasi "Konstitutsiya" sining mobil ilovasi ishlab chiqildi, bu Konstitutsiyamiz matnini uch tilda: o'zbek (kirill), rus va ingliz tillarida olish imkonini beradi. Dasturda kerakli maqolani topishga imkon beruvchi bo'limlar va kerakli maqolani topish imkonini beradi.

2015 yil noyabr — Uradio.uz internet ta’limiy radiosining mobil ilovasi ishlab chiqildi va Google playdan yuklab olish imkoni yaratildi.

2015 yil oktabr — Dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilar va dasturiy mahsulotlarning milliy katalogining yangi xizmati Software.uz ishga tushirildi. Software.uz - onlayn-konsultant bo'lib, uning yordamida saytning har qanday mehmoni katalog haqida, tashkilotlarning ro'yxati, saytning funksionalligi va boshqalar haqida savollar berishlari va real vaqtda javob olishlari mumkin.

2015 yil oktabr — "Internet texnologiyalari to'g'risida" nashrida chop etilgan maqolalarni o'qish va sharhlash imkonini beruvchi Index.uz saytining mobil ilovasi ishga tushirildi.

2015 yil sentabr — Keksa fuqarolar uchun maxsus “Nuroniy.uz” internet portal ishga tushdi. Ushbu portalda keksalar uchun mavjud imtiyozlar, pensiya turlari va ularni hisoblash tartibi, ijtimoiy nafaqalar, nogironlikni rasmiylashtirishga oid boshqa me’yoriy hujjatlar to‘plami hamda yangiliklar, maslahatlar kabi boshqa foydali axborotlar o‘rin olgan.

2015 yil sentabr — Chakchak.uz g’arb oshxonasi portali ishga tushirildi.

2015 yil iyunWWW.UZ katalogiga kiritilgan saytlarda qidiruvni amalga oshirish funksiyasi ishga tushirildi. Saytlarning sahifalarida, ya'ni mahalliy Internet tarmog'i segmentida to'liq qidiruvni amalga oshirish mumkin. Maxsus robot saytlarni chetlab o'tib, sahifalar mazmunini indekslaydi. Qidiruv juda tez ishlaydi, sahifalar saqlangan indekslari doimo yangilanadi.

2015 yil iyun — UZINFOCOM Markazi tomonidan o’zida butun jahon madaniy merosini jamlagan yangi Meros.org loyihasi ishlab chiqildi va ishga tushirildi. Portalda barcha ma’lumotlar qit’alar bo’yicha ajratilgan bo’lib, har bir qiziqarli ob’yekt haqida ma’lumot rasmlar va xaritada joylashgan manzillari bilan keltirilgan.

2015 yil iyun — uRadio.uz onlayn radio ishga tushirildi. Ushbu radio FM stantsiyalaridan mustaqil, Uznetdagi birinchi onlayn radio hisoblanib, davlat va rus tillarida faoliyat yuritgan.

2015 yil iyun — Matbuot va axborot agentligi UZINFOCOM Markazining ommabop loyihalari ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tgan (Fikr.uz, uRadio.uz, uTube.uz, Ziyonet.uz).

2015 yil may — ZiyoNET portalining "O'zbekiston madaniy merosi" maxsus bo'limi ishga tushirildi, unda tarixiy, madaniy, me'moriy va turizm uchun jozibador bo'lgan ob'ektlar joylashgan. Ushbu bo'lim asosida O'zbekistonning tarixini saqlab qolish, uning kelajak avlodlariga o'tishi va mamlakatning barcha diqqatga sazovor joylari va madaniy merosi haqida keng ma'lumot tarqatish uchun o'z hissasini qo'shishni istagan har bir kishi ishtirok etishi mumkin bo'lgan "O'zbekistonning yetti mo’jizasi" aksiyasi o’tkazildi.

2015 yil may — UZINFOCOM markazi O'zbekiston milliy domeni hududida ikkinchi darajali domenlarni ro'yxatga olish xizmatini ishga tushirdi.

2015 yil may — ZiyoNET Portalining “Abiturient” bo’limi ishga tushirildi - oliy o’quv yurtlarida o’qish istagida bo’lgan abiturientlar uchun qulay ko’makchi vazifasini bajaradi. Ushbu bo’lim o’zida Respublikaning barcha OTMlar va mutaxassisliklari, o’tgan yilgi o’tish ballari, kelgusi o'quv yili uchun kvotalar haqidagi ma’lumotlarni jamlagan bo’lib, OTMga o’qishga kirish imtihonlaridagi muhitiga yaqin bo’lgan test bloklaridan o’tish imkonini yaratadi.

2015 yil aprel — ZiyoNET portalida o'zbek va qoraqalpoq tillari uchun translit tarjimon ishga tushirildi. Foydalanishda juda qulaydir, portalning barcha sahifalarida yon tomonda bayroq shaklidagi havola ko'rsatilgan.

2015 yil mart — foydalanuvchilarning iltimosiga ko’ra sayt sattelitlar uchun yangi plaginlar joriy etildi, WWW.UZ MAQT ning hisoblagichini o’rnatishga mo’ljallangan plagin ham shuning jumlasidan. Bu blog egalariga hisoblagichni sayt kodiga qo’shishdan ozod etib plaginni faol holga ketlirish va MAQT katalogidagi ID-raqamni ko’rsatish yo’li bilan amalga oshirish imkonini yaratdi.

2015 yil martNIS.UZ ATda davlat organlarida AKT ni tadbiq qilinganlik darajasini o’rganuvchi avtomatlashtirilgan so’rovnoma ishga tushirildi.

2015 yil mart — UZINFOCOM Ma’lumotlar Markazining mijozlari va MBANK xizmati uchun billing bilan bog'liq shaxsiy kabinet ishga tushirildi. Shaxsiy Kabinet orqali balansingizni kuzatib borishingiz va zarur hollarda hisobni to’ldirish imkoni mavjud.

2015 yil fevralWWW.UZ MAQT yangilandi, yangi xizmatlar paydo bo'ldi, tashrif buyuruvchilar statistikasini hisoblash algoritmi yangilandi, sayt reytingining turi o'zgartirildi, sayt egalari saytlarning tavsiflarini boshqarish va ularni katalog bo'limlariga joylashtirish imkoniga ega bo'ldi. Statistikani qulay shaklda taqdim etgan yangi hisobotlar mavjud bo'lib, statistika ma'lumotlarini faqat TAS-IX foydalanuvchilari tashrifidan o'rganish imkoni paydo bo'ldi.

2015 yil fevral — "UZ" domenida domen nomlarini ro'yxatdan o'tkazish va ulardan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish (O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 5 fevralda ro'yxatdan o'tkazildi, 1830-1-son bilan ro'yxatga olingan).

2015 yil fevral — ZiyoNET Portalining "Arboblar" bo'limi yangilandi, mukofotlar, tug'ilgan joylar va ishlash uchun qulay bo’lgan boshqa imkoniyatlar taqdim etildi. O'zbekiston arboblari haqidagi ma’lumot to’ldirildi. Joriy kunda tug'ilgan kunni nishonlayotgan arboblar haqida ma’lumot taqdim etiladi.

2015 yil fevral — ZiyoNET Portalda "ZiyoNET saytlar reestri" paydo bo'ldi. Bu ZiyoNET mutaxassislari tomonidan ta’lim olayotgan foydalanuvchilarga tavsiya etiladigan masofaviy ta’limni olish imkonini beradigan saytlar ro’yxatidan tashkil topgan.

2014 yil noyabr — ZiyoNET portalida foydalanuvchilar bilan muloqot qilish uchun messenjer ishga tushirildi. Ushbu xizmat Internet tarmog’ida ko’p vaqtini o’tkazuvchi va ayniqsa ma’lum sabablarga o’ra boshqa messenjerlardan foydalanish imkoni bo’lmagan foydalanuvchilarga qulaylik yaratadi.

2014 yil oktabr — "Korxona Pochtasi" yangi xizmatini ishga tushirdi, bu orqali mijozlarga quyidagi imtiyozlar beriladi: mijozlar va hamkorlar bilan o'zaro munosabatlarda hamda xodimlar o'rtasida elektron avtomatlashtirilgan ish oqimi; Axborot xavfsizligi va maxfiylik. Spam tarqatmalariga qarshi samarali filtr; Telefoningizdagi pochta qutingizga tez va qulay kirish; Kompaniyaning barcha xodimlari uchun umumiy manzil kitobi; Barcha elektron pochta xabarlarini tekshiradigan antivirus o'rnatilgan.

2014 yil sentabr — “e-Darslik” mobil ilovasi ishga tushdi - umumta’lim maktab darsliklarini mobil telefon yoki planshet yordamida o’qish imkonini beradi. Mobil ilovada kutubxona mavjud bo’lib, foydalanivchi undan kerakli kitobni yuklab olib, internet tarmog’iga ulanmagan holda ham ushbu kitoblardan foydalanishi mumkin.

2014 yil avgust — Mustaqillik bayrami sharafiga pochta xizmati foydalanuvchilariga sovg’a taqdim etildi: uMail.uz pochta qutisi hajmi 10 Gb ga oshdi.

2014 yil iyul — SMS-platforma asosida tashkil etilgan Bedana xizmatini ishga tushirdi. Ushbu xizmat sizga o'z mijozlaringiz bazasida turli xil SMS-xabarnomalarni tashkil qilish imkonini beradi, masalan, uchrashuv yoki xodimlarni xabardor qilish yoki mijozlarga kompaniyaning yangiliklari to'g'risida xabar berish.

2014 yil iyul — Kirishni boshqarish tizimi (SKUD) tijorat xizmati sifatida taklif etildi. UZINFOCOM Markazi ID-kartalari asosida ishlovchi xizmat loyihasini taklif etadi. Korxona xodimlarining ishga vaqtida kelgan va kelmagani haqida xodimlar bo’limiga hisobot ma’lumot olish imkonini yaratadi.

2014 yil may — ZiyoNET Portalining yangilangan talqini ishga tushirdi, loyihaning dizayni tubdan o'zgartirildi, kutubxona butunlay yangilandi, foydalanuvchilar guruhlari va ijtimoiy tarmoq elementlari tadbiq etlidi. Savollar va javoblar xizmati qo’shildi. Har bir foydalanuvchi boshqa foydalanuvchilar bilan "do'stlik" so'rashi va tasdiqlashi, mavzuli guruhlarni yaratishi va muloqotda bo'lish uchun do'stlarini taklif qilishi mumkin.

2014 yil aprel — "UZ" domen administratori FOR.UZ - uchinchi darajali domenlarni bepul ro'yxatdan o'tkazish imkonii yaratdi. Loyiha barcha internet foydalanuvchilari, ayniqsa, alohida domen sotib olishni istamaydigan yoki xarid uchun yetarli mabag’ga ega bo’lmagan yangi boshlagan va yetarli tajribaga ega web bo'yicha mutaxassislarga mo'ljallangan.

2014 yil aprel — UZINFOCOM Markazining www.uzinfocom.uz – yangilangan korporativ sayti ishga tushirildi. Markazning xizmatlari va loyihalari haqida ma'lumot berish hamda yangi xodimlarni jalb etishga alohida e'tibor qaratildi.

2014 yil yanvar — Markaz yangiliklarini yoritib, jarayonlarning oshkoraligini ta'minlaydigan - blog.index.uz markazining korporativ blogi ishga tushirildi va tashrif buyuruvchilarning savollariga javob beradigan mutaxassislarning mavjudligi ta'minlandi. Internet haqida ma’lumot beruvchi onlayn-nashri ishga tushirildi, unda UzNet xabari va UzNet bilan bog'liq Jahon tarmog'ining qiziqarli hodisalari haqida hikoya qilinadi. Blog va Index.uz zamonaviy dizaynda ishlab chiqilib, deyarli har kuni yangi axborot va ma’lumot bilan to’ldirib boriladi.

2013 yil 1 iyul — Yagona interaktiv davlat portali My.gov.uz ishga tushurildi.

2013 yil 14 may — O`zbek tilidagi ko`rinishda, TAS-IX hududida va himoyalangan xostingda joylashgan, 3 xil interfeysdagi uMail.uz bepul elektron pochta xizmati ish tushirildi.

2013 yil 11 aprel — ID.UZ yagona avtorizatsiya tizimi, milliy internet tarmog'i segmentidagi saytlar uchun Yagona identifikatsiya va audentifikatsiya markazi vazifasi hamda UZINFOCOM Markazining loyihalari hamda xizmatlariga kirish huquqini beruvchi yagona identifikatsiyaning markaziga aylantirildi.

2013 yil yanvar — UZINFOCOM Markazi va Global Solutions kompaniyasi hamkorligida e-kommunal.uz uy-joy fondi va kommunal xo`jaligi loyihasi doirasida Android operatsion tizimi uchun “Yordam” mobil dasturi yaratildi. Ushbu mobil dastur murojaatlarni matn, rasm va murojaat ob'ektini xaritada bergilagan holda operativ tarzda yuborish imkoniyatini beradi.

2012 yil 19 mart — UJKX sohasida “Bitta darcha” tamoyili asosida kommunal xizmatlari tomonidan xizmatlarni interaktiv tarzda ko`rsatishga ta'linlab beruvchi e-Kommunal.uz - uy-joy fondi va kommunal xo`jaligi portali ishga tushirildi.

2011 yil 1 fevral — mobil telefon foydalanuvchilarini turli xil kompaniya va tashkilostlar xizmatlari va serveslari bilan aloqasini qo`llab-quvvatlovchi SMSG.UZ SMS-platformasi UZINFOCOM Markazida tomonidan ishga tushirildi.

2010 yil 11 avgust — Foydalanuvchiga bir joydan va qulay hajmda barcha qiziqarli ma’lumotlarni olish imkoniyatini beruvchi shaxsiy axborot makoni Desk.uz axborot boshqaruv xizmati ishga tushirildi.

2010 yil 25 iyun — Ta’lim, madaniyat, informatika, jamiyat kabi turli yo`nalishlarda o`zaro fikrlari bilan o`rtoqlashish, o`z fikr-mulohazasini bildirish hamda tajriba almashish imkoniyatini bervchi Fikr.uz ta’lim resursi ZiyoNET axborot-ta’lim tarmog‘i doirasida ishga tushirildi.

2010 yil 24 mart — O`zbekistonda o`tkazilayotgan ta’lim, fan va jamoa tadbirlari, grantlari va stipendiyalari va h.k haqidagi ma'lumotlar beruvchi Tanlov.uz  resursi ZiyoNET axborot-ta’lim tarmog‘i doirasida ishga tushirildi.

2010 yil 12 may — Joylardagi davlat hokimiyati organlari qoshidagi kompyuterlashtirish markazlariga ko`maklashish guruhi tashkil etildi.

2009 yil 28 sentabr — O'zida turli yo`nalishlardagi va katta hajmdagi intervyu va seminarlar, videoma’ruza va videodarsliklarni mujassamlashtiruvchi. uTube.uz ta’lim videoportali ZiyoNET axborot-ta’lim tarmog‘i doirasida ishga tushirildi.

2009 yil 31 mart — UZINFOCOM Ma’lumotlar Markazi ishga tushirildi (DC.UZ). O`sha vaqtda UZINFOCOM DM veb-xosting va co-location xizmatlarini ko`rsatardi.

2007 yil 17 dekabr — UZINFOCOM Markazi qoshidagi O`zbekiston hukumat portalining axborot kuzatuvi hamda tuzim ma’muriyati GOV.UZ "O`zbekiston Respublikasining hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va uni rivojlantirish guruhi"ga aylandi.

2006 yil 20 oktabr — Open ID identifikatsiya tizimini qo`llab-quvvatlovchi barcha serveslarga yagona ro`yxatdan o`tish orqali kirish huquqini beruvchi ID.UZ yagona identifikatsiya tizimi ishga tushurildi.

2005 yil 28 sentabr — Asosiy vazifasi Mamlakatimizdagi maktab o`qivchilari, litsey, kolledj va oliy muassasalari talabalarining ta'limga oid axborotlarga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tegishli qulayliklarni yaratib berish hamda milliy internet segmentida yoshlarbop ta'lim resurslarni rivojlantirishdan iborat bo`lgan ZiyoNET axborot resurs markazi UZINFOCOM Markazi qoshida tashkil topdi.

2005 yil 5 sentabr  — O`zbekiston kompyuter hodisalariga chora ko`rish guruhi(UZ-CERT) UZINFOCOM Markazi qoshida tashkil etildi.

2005 yil 8 iyul — UZINFOCOM Markazi tomonidan Milliy axborot-qidiruv tizimi hamda hukumat axborot resurslarini yaratish bo`yicha keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi.

2003 yil 27 mart — Internet domen nomlari va manzillarini tayinlovchi Korporatsiya (ICANN) bilan ccTLD ga xomiylik qilish yuzasidan tuzilgan kelishuvga asosan UZINFOСOM Markazi O`zbekistondagi yuqori darajali domenlar ma'muri hisoblanadi.

Bizning erishgan yutuq va mukofotlarimiz

UZINFOCOM Markazi o`zining asosiy funksional vazifalaridan tashqari turli ijtimoiy tadbirlar va sport musoboqalarida faol qatnashib keladi. Bular jumlasiga: .UZ domen hududining an'anaviy yillik Internet festivali, NGU Mediakonferentsiyasi, «Ta'lim va taraqqayot», «ICTExpo» va «BestSoft» ko`rgazmalari va h.k. keltirish o`tish mumkin. Bundan tashqari, Markaz loyihalari doimiy ravishda turli tanlov va reytinglarda, xodimlari esa sparktakiada va estafetalarda ishtirok etib kelishadi

Mukofot

Loyiha

Qo`lga kiritilgan
vaqt
Domen .UZ milliy internet-festivali
Davlat boshqaruvining eng yaxshi veb-sayti (II o`rin) GOV.UZ 2007
Yil kashfiyoti (III o`rin) uForum.uz 2007
Davlat boshqaruvining eng yaxshi veb-sayti (II o`rin) GOV.UZ 2009
Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi veb-sayt (III o`rin) ZiyoNET.uz 2009
Davlat boshqaruvining eng yaxshi veb-sayti (I o`rin) GOV.UZ 2010
Web 1.0 toifasidagi tarmoq xizmatining  sohasidagi eng yaxshi veb-sayt (II o`rin) WWW.UZ 2010
Davlat boshqaruvining eng yaxshi veb-sayti (I o`rin)  GOV.UZ 2010
Yoshlar uchun eng yaxshi sayt (I o`rin) Fikr.uz 2011
Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi sayt (I o`rin) ZiyoNET 2011
Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi sayt (II o`rin) uTube.uz 2011
WWW.UZ fikricha Davlat boshqaruvining eng yaxshi veb-sayti (I o`rin) GOV.UZ 2011
Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi sayt (III o`rin) Fikr.uz 2012
Tarmoq xizmatlari sohasidagida eng yaxshi veb-sayt (I o`rin) e-kommunal.uz 2013
Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi sayt (II o`rin) ID.UZ 2013
Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi sayt (II o`rin) ZiyoNET.uz 2013
Davlat hokimiyati hamda davlat boshqaruv oraganing eng yaxshi sayti (III o`rin) My.gov.uz 2013
Mukofot

Qo'lga kiritilgan vaqt
O`zMU jurnalistika fakultetining har yil bo`lib o`tadigan media-konferensiyasi 
«Eng yaxshi hamkor» nominatsiyasida sertifikat 2010
«Eng yaxshi blog» nominatsiyasida sertifikat 2011
«Eng yaxshi ta'lim tarmog’i» nominatsiyasida sertifikat 2011
«Yil professionali» nominatsiyasida sertifikat 2012
Ko`rgazmalar
ICT haftalik tadbirida qo`shgan salmoqli hissasi uchun tashakkur diplomi 2008
«BestSoftUzbekistan» ko`rgazmasida «Eng yaxshi loyiha» nomitsayasida diplom 2009
«ICTExpo» ko`rgazmasida«Integratsion tizimning innavatsion qarorlari» nomitsayasida diplom 2009
«ICTExpo» ko`rgazmasida «Axborot vositalari bilan bezatilgan eng yaxshi stend» nomitsayasida diplom 2011
«ICTExpo» ko`rgazmasida «Tomoshabinlar e'tiborini jalb etish» nominatsiyasida diplom 2012
«Ta'lim va karyera  2014» ko`rgazmasida «Yilning eng yaxshi ta'lim tizimi» nominatsiyasidagi diplom 2014
Sport mukofotlari
Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xodimlar o`rtasidagi bo`lib o`tgan sport musobaqasida “Zaruriy sharoitni yaratib bergan eng yaxshi tashkilotchi” nominatsiyasida diplom. (III o`rin) 2007
Aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlari o`rtasida bo`lib o`tgan «Oila yili» ga bag’ishlangan oilaviy estafetada sharafli 1-o`rin sovrindori 2008
Aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlari o`rtasida bo`lib o`tgan ““Sog’lom ona- sog’lom bola” shiori ostidagi Ayollar ko`pkurashi” da diplom (II o`rin) 2009
Aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlari o`rtasida bo`lib o`tgan «Komanda ko`pkurashi»  nominatsiyasida diplom. (II o`rin) 2010
“Sog’lom ona - sog’lom bola” shiori ostidagi soha tadbirida  stol tennisida 1-o`rin, shaxmatda 2-o`rin, shashka o`yinida 3-o`rinlar qo`lga kiritildi. 2014

Nima uchun aynan bizni tanlashadi?

O`zimizda-ku bunday savol tug'ilmaydi. Ammo, ba'zida bizga shu savolni berishadi. Bizning javobimiz: Biz hammadan zo`rmiz.
Bu ishonch, bizning xizmatlar yoki loyihalarning (GOV.UZ Hukumat portali, my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, .UZ domen hududi Ma'murligi) raqobatchilari yo`qligidan emas. Balki, raqobatli yo`nalishlarda bo`lmish xosting xizmati, sayt yaratish, saytlar reytingini aniqlash, elektron hujjat almashinuvi joriy etish, davomatni nazorat qilish tizimini joriy qilish, bloglar yuritish, elektron kutubxona tashkil etish, videoxosting xizmati va elektron pochta serveslarini bo`yicha ham yetakchilardanmiz.

Bizni yana quyidagi ustunliklarimiz uchun tanlashadi:

  • Biz, ahil, kreativ, faol va tashabbuskormiz.
  • Biz, oshkoralik va ochiqlikni tanlab, har qanday taklif va tanqidlarani, fikr va mulohazalarni (Forum, ijtimoiy saytlar va korporativ bloglarda) ko`rib chiqisha tayyormiz.
  • Biz mashhurmiz: doimiy ravishda qiziqarli yangiliklar nashr qilib, qiziqarli ma'ruzalar bilan sammitlarda hamda original aktsiya va tanlovlar bilan ko`rgazma va forumlarda ishtirok etamiz.
  • Biz, bir joyda to`htab qolmay doimiy izlanishdamiz va o`z ishimizda doimo AKT dagi eng yangi texnologiyalardan foydalanamiz.
  • Bizda o`z ishining haqiqiy professionallari ishlaydi.
  • Bizda haqiqatdan ham hayrihoh ishchi muhit yo`lga qo`yilgan bo`lib, buni bizning raqabotchilarimiz ham doimo alohida takidlashadi.
  • Eng asosiy, biz kamtar jamoamiz. Shunchaki bizning loyihalarimiz va xizmatlarimizdan foydalangan holda biz bilan birga bo`ling. 


Bizga murojaat eting, Siz bilan hamkorlik qilishga tayyormiz va bundan faqatgina xursand bo`lamiz.

Hamkorlar

Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar kompaniyasi
Meyoriy hujjatlar bilan ishlash bo`yicha Ilmiy-texnik va marketing  tadqiqot Markazi 
www.unicon.uz
Turli platformalarda mobil dasturlarni yarash bo`yicha hamkor Global solutions kompaniyasi
www.globalsolutions.uz
Jihozlar va dasturlar  bilan ta'minlash hamda konsalting xizmatlari va AT xulosalari bo`yicha hamkor “Sharifa.Com”kompaniyasi 
www.sharifa.uz
Dasturlar ishlab chiqish bo`yicha hamkor BePro dasturchilar Markazi 
www.bepro.uz
Mobil banking xizmati
www.mbank.uz
   

 Xalqaro va Xorijiy tashkilotlar

AKT tarmoqlarini qo`llab-quvvatlash Milliy Agentligi (NIPA)
www.nipa.kr
Axborot jamiyatini rivojlantiruvchi Koreys Instituti (KISDI) 
www.kisdi.re.kr
Dasturlarni rivojlantiruvchi BMT
www.undp.uz
Microsoft
www.microsoft.com
Fujitsu kompaniyasi
www.fujitsu.com
Intel
www.intel.com
IBM 
www.ibm.com
Hewlett-Packard
www.hp.com
IceWarp kompaniyasi
www.icewarp.com
   

  

 


Qabulxona
Telefon: 238-4200
Faks: 238-4248
E-mail: info[at]uzinfocom.uz
Kontaktlar
Fuqarolar murojaati