UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

O‘mon Sultonligining Savdo, sanoat va investitsiyalarni rag‘batlantirish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf boshchiligidagi delegatsiya UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlar Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

13.06.2025

O‘mon Sultonligining Savdo, sanoat va investitsiyalarni rag‘batlantirish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf boshchiligidagi delegatsiya UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida, shuningdek, O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy ham ishtirok etdi.

Mehmonlarga mamlakatimizda IT-infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan asosiy loyihalar, jumladan, elektron hukumat va fuqarolar hamda biznes uchun innovatsion raqamli xizmatlar bo‘yicha ishlanmalar taqdim etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish, startaplar uchun qo‘shma dasturlarni ishga tushirish hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.